You are viewing muxrim

entries friends calendar profile Previous Previous Next Next
Ehtiyot bo'ling! - „Bunyodkor“ stadioni
Jonli Jurnal!
muxrim
muxrim
Share
„Bunyodkor“ stadioni

01.05.2011da olingan surat © muxrim.livejournal.com

„Bunyodkor“ning yangi uy-stadioni rasmiy ochilishi, rasmda ko‘rib turganingiz ma’lumotnomaga ishonadigan bo‘lsak, 2012-yilning mart oyida, o‘zimizdan qo‘shib yana ham aniqlashtiradigan bo‘lsak, Navro‘z bayrami arafasida bo‘ladi. Prezidentning 2011-yil, 19-yanvardagi qarori 1-ilovasida esa stadion qurilishi vazifasi 2011-yilning sentabrida bajarilishi belgilangan edi.

Bir muddat to‘xtab qolgan qurilish ishlari, adashmasam, aynan qaror chiqqanidan keyin qayta boshlangandi. FK.uz‘da 24-aprel kuni e’lon qilingan Shomansur Mansurov hamda Asror Ro‘ziboyevning maqolasida yozilishicha, qurilayotgan obyektning nomi „Toshkent sport shaharchasi“ va „sport shaharchasini qurish uchun bugungi kunda 500dan ortiq xizmatchi ishlayotganmish“. Maqolada biz uchun bundan qiziqarliroq boshqa bir gap yo‘q, chunki 16-aprel kuni sobiq MHSK stadionini o‘rganib, „FutGOL“ gazetasi uchun material tayyorlash niyatida bo‘lgan jurnalistlarga „mana men ma’lumot beraman degan inson topilmagan“.

Jurnalistlar katta bir kompleksni „Toshkent sport shaharchasi“ deb atashmoqda; qaror ilovasi hamda ma‘lumotnoma-taxtada esa „Bunyodkor“ stadioni“ deb yozilgan. Loyihaning birinchi nomi esa „Tashkent Sports Park“ yoki kamida shu so‘zlardan iborat bir jumla bo‘lgan. Misol uchun, „Bunyodkor“ning 2010-yil uchun tabrigida „qaldirg‘ochlar“ Yangi yilda yangi arena - ulkan „Sport Park Tashkent“ sport majmuasiga ko‘chib o‘tishlari rejalashtirilgan“, deb yozilgan. Ma‘lumotnomada nomi „Bunyodkor“ bo‘lgan stadion hamda majmuani „Trest 12“ OAJ qurishi haqida ma‘lumot berilgan, ammo 2009-yilda uni boshqa bir tashkilot loyihalashtirib, boshqa biri qurayotgan edi.

„Architekten von Gerkan, Marg und Partner“ arxitektorlik uyi rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, qurib bitkazilsa, futbolimizning haqiqiy ko‘rkiga aylanishi mumkin bo‘lgan stadion arxitekturasi Folkvin Marg va Kristian Xoffman tomonidan 2008-yildayoq ishlab tayyorlangan va u 2009-2010 yillarda qurib bitkazilishi kerak edi. Unday bo‘lgani yo‘q. „Nega?“, degan savol kerak emas, undan ko‘ra stadion qurilishi davom etayotganidan xursand bo‘lishni taklif qilaman. Chunki... Pastdagi rasmga qarang.


„Bunyodkor“ stadioning ichidan ko‘rinishi © Architekten von Gerkan, Marg und Partner

Shunaqa stadionda o‘tirib olib, „Bunyodkor“ - „Paxtakor“ uchrashuvini ko‘rishga, to‘g‘risi, hech qachon yo‘q demagan bo‘lardim. :)

PS: KQB qanaqa qisqartma? ArtLebedevning sokr.ru‘si kabi bir loyihaga ehtiyojimiz bor, to‘g‘risi. :)

Tags: , , ,
Current Location: Toshkent, Muqimiy ko‘chasi, 178-uy
Current Music: Gorillaz - On Melancholy Hill

Comments
(Deleted comment)
muxrim From: muxrim Date: 2nd May 2011 07:46 (UTC) (Link)
Вместимость - 35 тысяч зрителей. Надеемся, что стадион будет одним из красивейших в Средней Азии. :)
Kamoliddin Shavkat O'g'li From: Kamoliddin Shavkat O'g'li Date: 2nd May 2011 05:53 (UTC) (Link)
Олдин ген подрядчик НефтГазМантаж эди. Энди 12-трест!
Ўзбекистондаги Энг гигант қурилиш компанияси бўп қолди 12-Трест. Хозирда бу корхона Қўйлиқдаги Мотор Заводи; аввалига кутубхона, кейин "Дом связи" бўлади дийилвотган "Пойтахт" бизнес центри олдидаги бинони ҳам 12-Трест қурвотти. Бундан ташқари Навоий кўчасидиги дом лар қурилишида ҳам қатнашмоқда. Хуллас, кучли!
Лекин шундо катта объектлар қурилишида битта ўзини кучи етармикин? Этмоқчи бўганим Сквердиги Форумлар саройи қурилишида ҳам ген подрядчик НефтГазМантаж бўган бўлса ҳам, немис, турк қурилиш компаниялари ходимлари кўп ишни қилишгвниди...
muxrim From: muxrim Date: 2nd May 2011 07:49 (UTC) (Link)
Oldin boshqasi kuchli edi, endi bunisi. Qayerdadir, qandaydir xatolik borligi uchun ham, manimcha, shunday - hammasi bitta tashkilotga ishonib topshirilgan. Aks holda, har bir qurilishni alohida-alohida tashkilotlar olib borganida, mani fikrimcha, qurilishlar tezroq bo‘lishidan ham avval, sifatliroq bo‘lardi, boshqa tomondan, dizayn, arxitektura borasida ham xilma-xillik ko‘zga tashlangan bo‘lardi, nazarimda.




Trest-12ga nemis yoki turklar yordam bermasa ham, o‘zimizdagi boshqa trestlar yordamga chaqirilsa kerak.
3 comments or Leave a comment
profile
Muhrim
User: muxrim
Name: Muhrim
calendar
Back November 2014
1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
links
page summary
tags