| sh, ch, o', g'... |
[Mar. 8th, 2008|06:52 am] |
Bu masala UzWiki (hozir blokirovkada)da muhokama qilingandi. Yaqin tanishlarim, gazeta chiqaruvchi, sayt yurgizuvchi tanishlarim bilan shu masalada gaplashgandik.
Sh, ch, o', g' - bu o'zbek lotinchasining eng muammoli tarafi. Masalan, chatlarda ch o'rniga 4, sh o'rniga w ishlatish urf bo'lgan. Bittabola blogida esa bira to'la turk lotinchasi harflarida yozilayapti postlar: Bittabolaning alifbosi haqida
Internet uchun eng fojiali muammo o' va g'-ning "shapkalari". O'zi aslida o' mana bunday yozilishi kerak: o‘. Lekin ‘ shu belgini man hozir tez yozvotganimda chiqara olmayman. G' ham shunaqa.
Internetda yozvotganda esa kimdir ‘-ni qo'yadi, kimdir o'ning shapkasi sifatida aslida tutuq belgisini ishlatadi (aksariyat hollarda). Kimdir umuman o' ishlatmaydi: u deb ketadi yoki o bo'lib qolaveradi...
Baribir, O'zBek! |
|
|